“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning bayram tabrigi
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar!
Yakunlanayotgan yil mamlakatimiz ko‘mir sanoati uchun barqaror o‘sish va muhim natijalar bilan yodda qolmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati jamoasi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, konchilarning fidokorona mehnati tufayli ko‘mir qazib olish hajmlari sezilarli darajada oshdi.
Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, yilni yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunlayapmiz. Ko‘mir ishlab chiqarish hajmlarining ortishi, bir tomondan, iqtisodiyot tarmoqlari, byudjet tashkilotlari hamda aholini mahalliy yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, korxonamizni ravnaq toptirish va konchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish maqsadida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda. Xususan, tashqi iqtisodiy aloqalar yo‘nalishida yangi qadamlar tashlanib, xorijiy hamkorlar bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi. Bu uchrashuvlar kelgusi rejalarimiz yanada ulkan ekanini, oldimizda yangi imkoniyatlar ochilayotganini ko‘rsatmoqda.
Kelgusi yilda ham qattiq yoqilg‘i qazib olishni yanada ko‘paytiramiz va hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan muhim vazifalarni – iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va aholini mahalliy ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash mehnat jamoamiz uchun sharafli va mas’uliyatli burchidir. Bu – Vatan ravnaqi, xalq farovonligiga qo‘shiladigan ulkan hissamiz bo‘ladi.
Konchilik – mardlik, sabr-toqat va jasoratni talab qiladigan ulug‘ kasb. Uning egalari bo‘lgan siz, aziz konchilar, har qanday hurmat va ehtiromga sazovorsiz. Yer qa’ridagi mashaqqatli mehnatingiz orqali yurtimizga nur va issiqlik ulashib kelayotganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Yangi yil ostonasida barchangizni samimiy tabriklayman. Sizga mustahkam sog‘lik, oilangizga oso-yishtalik va baraka, mas’uliyatli mehnatingizda ulkan yutuqlar tilayman. Kirib kelayotgan yil ham jamoamiz uchun fayzli, omadli va barakali bo‘lsin!
N.U. Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Ko‘mir tarmogʻida tejamkor energiya – 2025-yil natijalari4-03-2026, 05:00
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi26-05-2026, 14:00
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti va ishonch omili20-05-2026, 15:30
Avtomobilga bog‘liq hayotdan chiqish vaqti keldi?25-05-2026, 11:20
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni24-04-2026, 11:35











