Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti va ishonch omili

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida shaffoflik, halollik va qonun ustuvorligini ta’minlash korporativ boshqaruvning asosiy mezoni sifatida qaralmoqda. Shu maqsadda “O‘zbekko‘mir” AJda ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki siyosat va tizimli chora-tadbirlar joriy etilgan.
Mazkur “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” jamiyat xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish hamda xizmat faoliyatida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan. Hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Prezident farmonlari asosida ishlab chiqilgan.
Siyosatda jamiyat tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, har bir xodimning kasbiy odobi, xizmat intizomi va korporativ madaniyatga rioya qilishi tashkilot nufuzini oshirishda muhim omil sifatida qayd etilgan.
Korrupsiya nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki jamoatchilik ishonchiga putur yetkazadi. Shu bois bu illatga qarshi kurashish faqat huquqiy choralar bilan emas, balki ochiqlik, raqamlashtirish va jamoaviy mas’uliyat orqali ham amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Xususan, elektron tizimlardan keng foydalanish, qaror qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va ichki nazorat mexanizmlarining samarali yo‘lga qo‘yilishi korrupsiya xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi siyosat xodimlar faoliyatida halollik va qonunga hurmat muhitini shakllantirishga, jamiyatning ochiq va samarali boshqaruv tizimini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida korxona nufuzini mustahkamlash va jamoatchilik ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Murodjon Abduraimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati komplayens inspektori
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Avtomobilga bog‘liq hayotdan chiqish vaqti keldi?25-05-2026, 11:20
Ekologik xavfsizlik ustuvor vazifaga aylanmoqda22-05-2026, 11:16
Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y21-04-2026, 11:51
Ko‘mir tarmogʻida tejamkor energiya – 2025-yil natijalari4-03-2026, 05:00
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi26-05-2026, 14:00











