Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Yangiliklari » Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

16-03-2026, 04:00
7
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarni bartaraf etish, yong‘inlarni o‘chirish hamda xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
Tadbir yakunida xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotida 30 nafar ishchi-xodim hamda 5 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida belgilangan maqsad va vazifalarga to‘liq erishildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.